Saharlikka uxlab qolsa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Alhamdulillah ramazon ro‘zasini tutayotgan edim. Bugun bir kishi bilan birga edik. Sen yotaver men uyg‘otib qo‘yaman deb u ham uxlab qolibti. Saharlikdan 1.5 soatdan keyin uyg‘otdi. Endi men qazo tutamanmi yoki kafforat ham vojib bo‘ladimi?
Men Rossiyada ruslar bilan ishlayman. Namoz o‘qishimga ruxsat beradi. Ammo azon chaqirishning iloji yo‘qr. Azon chaqirmasdan o‘qisam bo‘ladimi?
Bu ruslar (mendan yuqori lavozimdagilar) meni har xil KFS MC donald(fast food: halol go‘sht ishlatmasa kerak) larga ovqat olib kelishga jo‘natadi. Olib kelib bersam menga gunohi yo‘qmi? O‘zim emayman. Bachkanalashgan bo‘lsam uzr
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Hech narsa eb-ichmagan bo‘lsangiz ro‘zangiz durust. Qazo ham kafforat ham shart emas. 2). Bo‘ladi. 3). Bo‘ladi. Aroq kabi harom narsalarni aytsa olib kelib bermang. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar