Birovning videosini so‘ramasdan internetga qo‘yish
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda xar kuni yangidan yangi videolar guruxlarda ko‘rinayapti. Savolim shunday! Agar bordiyu jamiyatimizda salbiy ishlar qilayotgan va gunox ishlar qilib boshqa insonlarni yo‘ldan urib, ularni xam gunoxga tortib, jamiyatimiz oyog‘iga bolta urayotgan insonlarni videolarni guruxga tashlash joizmi? Xar xolda insonlarni xushyorlikka chaqirish xam kerakku? Masalan shu ish qilayotgani xaqida video(bexayo video emas lekin) O‘shanday videolarni kanalga joylasa agar borduyu sharmandalikdan yoki boshqa narsadan o‘zini o‘ldirsa gunoxi video tashlagan insonga yozilmaydimi? Agar yozilsa nega? Axir o‘shanday insondan qutilgan bulamizku. Qanchadan qancha gunoxlarni yo‘lini to‘sgan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birovni joni yoki moliga zarar etadigan aybi bo‘lsa odamlarni undan ogohlantirish joiz. Masalan o‘g‘ri bo‘lsa. Zarari faqat o‘ziga bo‘lib boshqalarga tegmaydigan bo‘lsa uni berkitish kerak. Qo‘lidan kelsa, o‘ziga gapirib isloh qilsin. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 148 | Administrator