Yomon videolar

Assalomu alaykum! Faxsh videolar ko‘rsa iymondan ayrilib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday ishni qilgan odam kofir bo‘lib qolmaydi, ammo ulkan gunohga qo‘l urgan bo‘ladi. Fahshga mukkasidan ketganlarning qalbini mog‘or bosadi. Allohni eslasa qalbi behalovat bo‘ladigan, ibodatdan siqilishni his qiladigan, masjidlardan qochadigan bo‘lib qoladi. Bu razolatlari oxir oqibat ularni iymondan ayirib qo‘yishi ham mumkin.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi gunoh ish qilsa, qalbida bir qora nuqta paydo bo‘ladi. Agar tavba qilib, u gunohdan butunlay qaytsa, istig‘for aytsa, qalbi poklanadi. Agar (gunohni) ziyoda qilsa, (qalbidagi qora ham) ziyoda bo‘ladi. Mana shu Alloh azza va jalla Qur’onda zikr qilgan mog‘ordir. «Yo‘q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘or bo‘lib o‘rnashib qolgandir», dedilar».
Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar