Qazomi kafforatmi?

Assalomu alaykum! Yoshlik davrimda shahvatni qo‘l bilan qondirish harom ekanligini bilmas edim va bu ro‘zani buzishini ham. Shunday ilmsizligim bois ro‘za holida ham shunday qilganman. Aniq necha kunligini ham bilmayman, ammo shu bilan ro‘za tutganman deb ochmay yuraverganman. Bu holda men kafforat ro‘za tutamanmi? Agar men bu bemani ishni 20 kunga yaqin qilgan bo‘lsam. Kaforati 3 yilga yaqin muddat bo‘lib qolar ekan. Nima qilishni bilmay qoldim. Yordamingizga o‘ta muhtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kafforat tutmaysiz, qazosini tutasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar