Sadaqa va hadyani farqi

Assalomu alaykum! Sadaqa bilan hadyani orasidagi farqni tushuntirib bersangizlar. Sadaqa bergan odam savob oladimi? Hadya berganchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sadaqa savob umidida xolis Alloh uchun faqir va muhtojlarga, ulardan biror narsa umid qilinmasdan, muayyan bir shaxsni tayin qilinmasdan beriladigan narsa. Hadya esa muayyan bir shaxsni ikromi uchun yoki uning muhabbatini qozonish uchun, do‘stlik va sadoqat uchun beriladigan narsa. Ikkisiga ham savob bor. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 199 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar