Zakotni qachon berganim yaxshi?

Assalomu alaykum! Men zakot bermoqchidim, lekin eshitishimcha nisobga etgan pul bir yil turmagan bo‘lsa zakot berib bo‘lmas ekan, shundaymi? Meni nisobiga etgan pulim bir oydan so‘ng bir yil bo‘ladi, men zakotni bir oydan keyin berishim kerakmi yoki shu kunlarda yani ramazon oyida berishim kerakmi? Oldindan rahmat Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu kunda bersangiz savobi ko‘proq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar