Iltimos, maslahat bering!

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari.Meni hozir chet davlatda ishlayotganimga 1 yil bo‘lmadi. 5 yilgacha ishlashga ruxsat bor. Lekin, Inshaalloh, 2 yil ishlasam, ehtiyojlarimga etgulik pul topar ekanman. Lekin 2 yil ishlab qaytib ketishimga, avvalambor, Otam, akam, ukam, oshna-og‘aynilarim, qarindosh-urug‘larim hamma ma‘qullamaydi. Ahmoq, shunday shansni qo‘ldan chiqarmay bosib 5 yil ishla, deyishadi. Dangasalikda ayblashadi. O‘zi ilgaritda og‘ir ishga toqatim yo‘q. Ro‘za tutib tutmay, Jum‘a namoziga borib bormay, ishtibohli narsalarni eb yurishni hech kim o‘ylamaydi. Shu holatda qanday qaror qilishim kerak?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning qilgan qaroringiz to‘g‘ri.

4 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar