Zinodan tavba
Assalomu alaykum! Yaqin bir insonim (erkak kishi) bilmay zino qilib qo‘ydi umrida ilk marotaba. O‘zi ibodatta islomiy oilada tarbiya ko‘rgan. Qilgan gunoxiga astoydil pushaymonda. Tanishimning onalari bolasiga: "Zino qilmagin, zinodan extiyot bo‘lib yurgin, zino qilsang rozimasman" deb takidlarkan. Xozir tanishim nima qilishni bilmayapti. Men endi onamga oq bo‘ldim men tamomman, do‘zaxiy bo‘lsam kerak deb tushkunlikta. Onasini roziligini olish uchun qilgan zinosini onasiga aytib uzr so‘rasa onasi ko‘tarolmaydi. Endi nima qilsam ekan deb pushaymonda. Qaytib bu gunoxni qilmaslikka axd qildi, 5 maxal ibodatda. Ustozlar iltimos shu xolatda bu tanishimga nima maslaxat bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U inson qilgan gunohiga tavba qilsin, Allohga qaytsin, bu gunohdan butkul uzulsin, qilgan ishiga qattiq nadomat cheksin. Bu gunohni hech kimga aytmasin va satr qilsin. Kishi biror gunohni qilib qo‘ysa uni berkitishi va boshqalarga oshkor qilmasliki shart. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey insonlar, Allohning hadlaridan tiyilish vaqti keldi. Kimki shu razolatlardan biriga qo‘l ursa, Allohning satri ila to‘silsin.” deganlar. (Imom Molik Muvattoda rivoyat qilgan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom