Mahrni qaynonam bergan bo‘lsa
Assalomu alaykum! To‘yimizdan avval nikoh o‘qitayotgan vaqtimizda domla turmush o‘rtog‘imdan : mahrga nima berdingiz deganda, tilla zanjir berdim deganlar va nikoh kuni kechasi qo‘limga berganlar. Keyinchalik bilsam bu zanjir erimning mablag‘idan emas, qaynonam tarafidan menga mahr sifatida berilgan ekan. (U vaqtda erim yaxshi pul topmas edilar). Mahr er tarafidan chin ko‘ngildan chiqazib berilishi haqida o‘qidim. Shu sababdan menga berilgan mahr o‘rniga o‘tadimi yoki erim menga qaytadan mahr berishlari kerakmi? Qiyomatda qarzdor bo‘lib qolmaydilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha bergani mahr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha bergani mahr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush