Qaynona homilani oldirishga majburlasa

Assalomu alaykum! Menga judayam maslahatinglar zarur. Qo‘limda 9 oylik qizalog‘im bor. Yaqinda ikkinchi farzandimga 2 oylikdan oshiq homilam borligini bilib qoldim. Bu haqida qaynonamga aytdim. Ular oldirasan bolani deb qo‘ymayaptilar, hatto salomimga ham alik olmayaptilar. Turmush o‘rtog‘im ham boshi qotgan, qaynonamning aytishicha abort hech narsa emas ekan. Oldirsa bo‘laveradi, men ham 2 ta farzandimni oldirganman deb qo‘ymayaptilar. Hozir bola boqish oson emas deyapti. Keyin esa bizni abort gunoh deyishimizga qaramasdan “meni aytganimni qilmasang yo meni yoki uni deysan” deb erimga shart qo‘ydi. Men nima yo‘l tutay? Homilamdan ayrilgim yo‘q, ammo qaynonamning shartidan ham hadiksirayapman. Menga maslahat beringlar. Qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolangizni o‘ldirmang. Buning jazosi og‘ir bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:54 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar