Jamoat namozida sog‘lik yomonlashsa

Assalomu alaykum! Xufton farz namozi jamoat bo‘lib o‘qilayotganda masjidda. Qiyomda turganimizda, mazzam qochib terlab, ko‘nglim aynib, boshim aylanib ketdi. O‘zim hayronman, sog‘ligimdan muammoyim yo‘q edi. Chidab turolmadim oyoqda tik va o‘tirib oldim, ikkinchi rakatga tik turilganda biroz tik turdim va yana boshim aylanib turolmay o‘tirib oldim. Shunda men namozda to‘g‘ri qildimmi? Shunday vaziyatda dabdurustdan sog‘lik yomonlashib qolsa nima qilinadi jamoat namozi vaqtida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz. O‘tirish foyda bersa o‘tirib olinaveradi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar