Speaky mobil ilovasi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yangi bir mobil ilova ishga tushibdi. Unda foydalanuvchi xohlagan chet tilini o‘rgansa bo‘ladi. Bu o‘rganish boshqa yurt vakili bilan jonli muloqot orqali amalga oshirilar ekan. Masalan, ingliz tilini o‘rganishni bossangiz sizga shu til ona tili bo‘lgan insonlarni topib berar ekan va siz ham o‘zingiz yaxshi bilgan tillarni qayd etib qo‘yasiz va siz bilgan tilni o‘rganishni istaganlarga ular bilan muloqot orqali o‘rgatishingiz kerak bo‘lar ekan.
1) Bu ilovadan faydalanish joizmi?
2) Bu ilova orqali nomahramlarga til o‘rgatish mumkinmi?
3) Bu ilova orqali nomaxramlar bilan qo‘ng‘iroq yoki video qo‘ng‘iroq orqali suxbat qursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Joiz, agar ta’lim usuli buzuq e’tiqod ustiga qurilgan bo‘lmasa. 2). Shariat chegarasida mumkin. 3). Bozorga borib ayol kishidan narsa sotib olish darajasida bo‘lsa joiz. Osh-qatiq bo‘lib ketish joiz emas. Saodat asridan buyon ayollarning erkaklardan fatvo so‘rashga kelishlari, muftiylar ularga javob berishlari shariatimizda bor. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 184 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar