Hadisning sahihligi haqida

Assalomu alaykum! Ustoz bir hadis to‘g‘risida ma’lumot bersangizlar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning "Musulmon odam 10 dinorga kiyim sotib olsayu, 10 dinordan 1 dinori harom topilgan pul bo‘lsa, u kiyimda o‘qilgan namoz qabul bo‘lmasligi to‘g‘risida eshitganini va ikki qo‘lini qulog‘iga qo‘yib agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan shu gapni eshitmagan bo‘lsam kar bo‘lay degani. Bu hadis sahihmi? Va qabul bo‘lmasligini qanday ma’noda tushunish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu zaif hadis bo‘lib, bunday o‘rinda namoz zimmadan soqit bo‘lib savobdan bebahra bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 149 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar