Haqni aytsa unamaslik

Assalomu alaykum! Uyda farzandlarim tarbiyasi bilan shug‘ullanib o‘tiraman. Bo‘sh vaqtimda kitob o‘qiyman, ma’ruzalar tinglayman. Eshitganlarimni xo‘jayinimga aytaman. Ba’zi hollarda diniy masala bo‘yicha gapirsam, shubha bilan qaraydi. Agar Qur’on va sunnatdan dalil keltirsam o‘zini fikrini aytishni boshlaydi. Bu gaplari bilan gunohkor bo‘lib qolmasligi uchun xo‘p deb gapni to‘xtaman. Qanday chora ko‘rish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz u narsalarni etkazishda o‘zingizni bilimdon tutmang. Inkor qiladigan holat bo‘lsa gapirmang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar