Telegramdagi reklama uchun javobgarlik bormi?

Assalomu alaykum! Yaqin vaqtdan beri telegram asoschisi tomonidan telegram kanallarga admin ruxsatisiz reklama joylash boshlangan. Ba’zida nojoiz narsalar ham reklama qilinyapti. Taomlanish ilmi kanalini yuritaman, shu kanalimda ruxsatimsiz nojoiz narsalarni reklamasi joylansa va obunachilar o‘sha narsaga qiziqib keyinchalik gunoh ishlar qilsa, men qanchalik javobgar bo‘laman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lingizdan kelganicha chiqmaslikka harakat qiling. Shunda ham chiqib ketsa javobgar bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar