Qabrda og‘ziga qoni oqib turadimi

Assalomu alaykum! Yoshligimdan shu gapni eshitip kelaman ayollar umuman qizlar xam xayz paytidagi ishlatgan narsasini yuvib tashlamasa u qabrda qoni og‘ziga tomib turarmish. Aslida men xam yuvip tozalab tashlab yuboraman, lekin bazida ayrim sabablarga ko‘ra qilmaganman. Shuni xukmi qanday? Xech qaysi kitobdan topa olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yana qayta foydalanish kerak bo‘lsa yuviladi. Qayta foydalanilmasa yuvishga hojat yo‘q. Albatta uni tez ko‘mishga harakat qilish kerak, chunki unday qonlarga jinlar yopishadi. Avvalgilar qonni tezroq yuvib tashlasin degan maqsadda aytgan bo‘lishi ham mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar