Kasam ichish
Assalomu alaykum! Man xo‘jayinim bilan urishib qolganimizda jaxl ustida, sizdan endi umuman pul so‘ramiman qasam ichaman deb yubordim. Lekin baribir xam olaman ulardan pul. Shunga nima deysiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar qasamingizni buzsangiz, kaffarot to‘laysiz. Mo‘min kishi qasam ichishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Agar biror ishdan o‘zingizni haqiqatda man qilishni yoki uni bajarishga o‘zingizni majburlashni istasangizgina qasam iching. Qasam biror kishiga achchiq qilib, yoki gina saqlab ichiladigan engil, ahamiyatsiz narsa emas. Chunki qasamda Allohning nomi zikr qilinadi. Uning hurmatiga rioya o‘laroq banda qasamida sobit turishga harakat qiladi. Agar qasamini buzsa, gunohkor bo‘ladi va uning badalini to‘lashi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush