Nima qilsam bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Mening yoshim 23da va uylanmaganman. Xozirda namoz o‘qimayman buning sababi shu pochkam bilan bog‘liq. Har doim ertalab uyqudan tursam ich kiyimimda oq dog‘ paydo bo‘lib qoladi va ko‘pincha siydik tomib turadi. Shuning uchun namoz o‘qimoqchi bo‘lsam kuniga ikki, uch, to‘rt martadan ichki kiyimimni almashtirishimga to‘g‘ri kelardi. Shuni davolataman deb urologga ham bordi va davolandim ham lekin foydasi bo‘lmadi. Agar xozir namoz o‘qiyman desam juda ko‘p vaqtim shu pok yurish uchun ketadi va juda qiynalib ketaman. Menga nima maslahat berasizlar? Agarda birorta yaxshi shifokor yoki shuni davolash yo‘lini bilsangizlar aytinglar.Sizlarga katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz namozni boshlang. Ertalab turganingizda ko‘ringan dog‘ kasallik tufayli keladigan narsa bo‘lib, ayollar qon ko‘radigan paytda foydalangan narsadan foydalaning. Ya’ni chiqqan narsa o‘sha qo‘ygan narsangizga tegsa, namozdan oldin tahorat olib, siydik tekkanini olib qo‘yib yangisini qo‘yib namozni o‘qiysiz. Sizni holatingiz namozni tark qilishga uzr bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar