Erga itoatsizlik

Assalomu alaykum! Ayol kishi eriga itoat qilmasa, uni bexurmat qilsa, janjallashkan paytida eriga baqirsa qo‘pol so‘zlarni ishlatsa, so‘ksa uning jazosi qanday bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eriga kufr keltirgan bo‘ladi. Alloh taolo O‘z roziligini erning roziligiga bog‘liq qilib qo‘ygan. Albatta, bu shariat ruxsat bergan ishlarda. Man qilingan ishlarda itoat qilish yo‘q. Unday ayollarni farishtalar duoibad qilishadi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُؤْذِي امْرَأَةٌ زَوْجَهَا فِي الدُّنْيَا إِلَّا قَالَتْ زَوْجَتُهُ مِنَ الْحُورِ الْعِينِ: لَا تُؤْذِيهِ قَاتَلَكِ اللهُ، فَإِنَّمَا هُوَ عِنْدَكَ دَخِيلٌ يُوشِكُ أَنْ يُفَارِقَكِ إِلَيْنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَحَسَّنَهُ  Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning «huri iyn»dan bo‘lgan xotini «Unga ozor berma! Alloh seni halok qilsin! U sening oldingda qo‘noq bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, biz tomon jo‘naydi», deydilar», deganlar».
Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan.
Sharh: Ushbu hadisai sharif ham ayol kishi o‘z eri bilan doimo yaxshi muomalada bo‘lishi kerakligiga, eri undan ozor ko‘rmaslik haqqiga ega ekanligiga dalildir. Bu haqni yaxshilab tushunib olish va uni poymol qilmaslikka harakat etish zarur. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 244 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar