Yahudiylar so‘ygan hayvoni
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alixon to‘ra Sog‘uniyni “Tarixi Muhammadiy” nomli kitoblarini o‘qidim. Yahudiylarni hozirgi kunda millatlari kim? Hozirda Rossiyadamiz, bu erda musulmon qassobni topib bo‘lmayapti. Shunga “yahudiylar ham Allohni kalomini aytib so‘yadi” degan joyni o‘qidim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar sizlar shar’iy bir so‘yish imkoniyatini qilsangiz, sizdan keyingilarga ham osonlik, hamda sizlar uchun sadaqai joriya bo‘lib qoladi. عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً حَسَنَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْءٌ. وَمَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً سَيِّئَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ عَلَيْهِ مِثْلُ وِزْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْءٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomda go‘zal sunnat paydo qilsa va undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa, unga o‘shanga amal qilganlar ajriga o‘xshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi. Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa, unga o‘sha amal qilganlar gunohiga o‘xshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi», dedilar». Muslim va Termiziylar rivoyat rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharif hazrati Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda. «Sunnat» so‘zi yo‘l, tariqat, odat kabi ma’nolarni ifoda etishini «Muqaddima»da ko‘rib o‘tgan edik. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflaridan Islomda sunnat paydo qilish mumkinligini, o‘sha paydo bo‘ladigan sunnat yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkinligini bilib olmoqdamiz. Bu narsaga bir oz ehtiyot bo‘lib yondoshmoq lozim. Ko‘pgina kishilar ushbu nozik masalada noto‘g‘ri tushunchalarga borib qolishlari ham mumkin. Doimo Islom diyni mukammal diyn, unda hayotdagi har bir masalaning echimini topishimiz turgan gap, deymiz. Endi esa Islomda yaxshi yoki yomon yangilik paydo qilish mumkin, deyapmiz. Yomon yangilik tushunarli, diynga xilof ish yomon yangilik bo‘ladi. Buni hamma qoralaydi. Ammo yaxshi yangilikni qanday tushunishimiz mumkin? Agar u mumkin bo‘lsa, demak, Islomda kamchilik bormi? Yoki yomon ham, yaxshi ham yangilikni paydo qilish mumkin emasmi? Ba’zi bir kishilar oxirgi «Yomon ham, yaxshi ham yangilikni paydo qilish mumkin emasmi?» degan savolga «Mumkin emas», deb javob beradilar. Ular o‘zlarining bu fikrlariga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Har bir bid’at zalolatdir, har bir zalolat do‘zaxdadir», degan hadislarini dalil qilib keltiradilar. «Bid’at» so‘zi «yangi paydo bo‘lgan narsa» ma’nosini anglatadi. Mazkur kishilar «Hamma narsa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida qanday bo‘lsa, shunday bo‘lishi kerak», deydilar. Ahli sunna va jamoa mazhabining ulamolari esa ushbu biz o‘rganayotgan hadisi sharif «Har bir bid’at zalolatdir» degan boshqa bir hadisni tafsir qilib kelayotganini aytadilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam «Har bir bid’at zalolatdir» degan hadislarida yomon bid’atni ko‘zda tutganlar. Uni ushbu hadisdan tushunib olamiz. Dastlab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Har bir bid’at zalolatdir, har bir zalolat do‘zaxdadir», deb, umumiy ravishda aytdilar. Keyin esa yangi paydo bo‘ladigan narsalar yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkinligini ushbu biz o‘rganayotgan hadisi sharifda bayon qildilar. Demak, «Har bir bid’at zalolatdir» hadisida yomon bid’at ko‘zda tutilgan. Endi Islomda yaxshi sunnat paydo qilish mumkin bo‘lsa, bu narsa «Islom mukammal din», degan gapimizga qanday to‘g‘ri keladi, degan savolga o‘taylik. Islom ruhini tushunmaydigan ba’zi kishilar uchun bu kamchilik, nuqson bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin, aslida bu Islomning barkamolligidandir. Qur’on va sunnatda shariatning ruhi, asosiy qoidalari to‘la-to‘kis bayon etilgan. Insonga daxli yo‘q narsalarning hukmi batafsil kelgan. Shu bilan birga, inson hayotida makon va zamon o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadigan mayda masalalar musulmonlar ijtihod qilishlari uchun ochiq qoldirilgan. Bu masalalarni uning paydo bo‘lgan makoni va zamonidagi mujtahid ulamolar Qur’on va sunnat qoidalari asosida hal qiladilar. Albatta, Qur’on va sunnatda qiyomatgacha bo‘ladigan ishlarning ro‘yxatini va ularning hukmini keltirish ko‘zda tutilmagan. Balki asosiy o‘zgarmas, inson ijtihodining daxli yo‘q narsalar bayon qilinib, asl qoidalar, umumiy ruh tushuntirilgan. Ma’lumki, inson hayoti bir xil davom etmaydi, zamon o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Alloh taolo Islom diyni va shariatini qiyomatgacha bardavom qilgan. Shuning uchun ham Alloh Islomni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarigagina moslab qo‘ymagan. Balki qiyomatgacha barcha makonlar va zamonlar uchun salohiyatli qilib qo‘ygan. Islom ummatiga kelajakda paydo bo‘ladigan har bir yangi masalani echishning Qur’on va sunnat qoidalari asosida bo‘lishini o‘rgatgan. Shuning uchun ham «Ijmo’» va «Qiyos» Islom shariatida Qur’on va sunnatdan keyingi uchinchi va to‘rtinchi masdarlar qilingan. «Ijmo’» lug‘atda «jam bo‘lish» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa yangi paydo bo‘lgan masalani o‘sha masala paydo bo‘lgan davrda yashab turgan mujtahidlar tomonidan jam bo‘lib bir ovozdan echilishiga aytiladi. «Qiyos» esa lug‘atda «taqqoslash», «qiyoslab ko‘rish» ma’nolarini anlatib, shariatda yangi paydo bo‘lgan masalani Qur’on va sunnatda bor hukmlarga taqqoslab echishga aytiladi. Demak, yangi paydo bo‘ladigan masalalarni echishning bu uslubini Qur’on va sunnatning o‘zi bayon qilib, qonun-qoidalarini ko‘rsatib qo‘ygan. Mana shuning o‘zi ham Islom shariatining barkamolligidandir. Agar Qur’on va sunnatda bor hukmlar bilangina hayot kechirasizlar, yangi paydo bo‘ladigan masalalar bilan ishingiz bo‘lmaydi, deyilganda, diynimizda nuqson bo‘lar edi. Agar yangi paydo bo‘ladigan masalalarni Qur’on va sunnat ruhida hal qilish qonun-qoidalari bayon qilinmaganida, kamchilik bo‘lar edi. Inshaalloh, bu masalani o‘z o‘rnida batafsil o‘rganamiz. Ammo bu erda Islomda yangi sunnat paydo bo‘lishi mumkinligini tushunish maqsadida bir oz so‘z yuritdik, xolos. Islomda yaxshi sunnat paydo bo‘lishiga misol qilib, Taroveh namozini jamoat bo‘lib o‘qish yo‘lga qo‘yilganini aytishimiz mumkin. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari yolg‘iz Taroveh o‘qiganlar. Keyin ba’zi sahobalar iqtido qilganlar. Bir oz muddatdan so‘ng hamma Taroveh o‘qish uchun to‘plangan. Odamlar kutib tursalar ham, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam chiqmaganlar. Odamlar yo‘talishni boshlaganlar. Oxiri bir vakil yuborib, odamlar Taroveh namozini jamoat bilan o‘qish uchun u zotni kutib turishganini etkazishgan. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Agar Taroveh namozini jamoat bilan o‘qishni davom ettiraversak, vojib yoki farz bo‘lib qolishidan qo‘rqaman», deb, chiqmaganlar. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhu o‘z xalifaliklari davrida kishilarning Tarovehga befarq qarayotganlarini ko‘rib, uni jamoat bo‘lib o‘qishni tashkil qilganlar. Shuningdek, Payg‘ambarimiz alayhissalom hayotlik vaqtlarida Qur’oni Karim bir butun kitob shaklida jamlanmagan edi. Ridda urushlarida Qur’onni to‘la yod biladigan qorilarning ko‘plab shahid bo‘lganliklarini mulohaza qilib, hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida Qur’on jamlandi. Bunga o‘xshash ishlar ko‘p, zamon o‘zgargan sari ular chiqib turaveradi. Shunday paytda Islom qoidalarini ishga solgan holda harakat qilish zarur. Har kim o‘zicha harakat qilib, yomon sunnat yaratib qo‘yish kerak emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadislari ayni shu ma’noni ta’kidlash, yaxshilikka targ‘ib qilish, yomonlikdan qaytarish uchun kelmoqda. O‘shanday ishlarni qilish faqat ilmga bog‘liq bo‘lganligi uchun va bu masalalarni Qur’on va sunnat ruhida, ularning umumiy qoidalari asosida ilmsiz echish mumkin bo‘lmaganligi uchun muallif rahmatullohi alayhi ushbu hadisni ilmning asari davomli qolishi haqidagi bobda keltirmoqdalar. «Kim Islomda go‘zal sunnat paydo qilsa». Ya’ni, qaysi bir mo‘min kishi Islomda yangi bir yaxshi amal paydo qilsa, «undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa», ya’ni, o‘sha yangi sunnat paydo qilgan odam vafot etganidan keyin uning paydo qilgan sunnatiga musulmonlar tomonidan amal qilinsa, «unga o‘sha amal qilganlar ajriga o‘xshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi». Ya’ni, mazkur go‘zal sunnatning paydo bo‘lishiga sababchi insonga o‘zi vafot etib ketsa ham, u paydo qilgan yaxshi sunnatga amal qilganlarga berilgan ajr miqdoricha ajr yozilib turadi. Shu bilan birga, amal qilganlarning ajri kamayib qolmaydi. Ular ham qilgan amallariga yarasha to‘liq savobni olaveradilar. Ushbu qoida yomon sunnat paydo qilgan va unga amal qilganlarga nisbatan ham ishlatiladi. «Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa», ya’ni Qur’on va sunnatga, Islom shariatiga xilof bo‘lgan yomon ish paydo qilsa, «undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa», ya’ni, o‘sha Qur’on va sunnat ruhiga, Islom shariatiga xilof yomon ishni paydo qilgan kimsa vafot etganidan keyin odamlar tomonidan mazkur yomon sunnatga amal qilish davom etaversa, «unga o‘sha amal qilganlar gunohiga o‘xshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi». Ya’ni, mazkur yomon sunnatning paydo bo‘lishiga sababchi insonga o‘zi vafot etib ketsa ham, u paydo qilgan yomon sunnatga amal qilganlarga yoziladigan gunoh miqdoricha gunoh yozilib turadi. Shu bilan birga, amal qilganlarning gunohlari kamayib qolmaydi. Ularga ham qilgan amallariga yarasha to‘liq gunoh yozilaveradi. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Islomda yangi, yaxshi sunnat paydo qilish mumkinligi. 2. O‘sha yangi paydo qilingan sunnatga amal qilganlar ajr olishlari. 3. Insonga vafotidan keyin ham o‘zi paydo qilgan yaxshi sunnat tufayli savob etib turishi. 4. Yangi, yaxshi sunnatga qilingan amallarga berilgan miqdoricha ajr o‘sha sunnatning paydo bo‘lishiga sababchi kishiga yozilib turishi. 5. Birovning qilgan amali tufayli boshqa kishiga savob etsa, amal qilganning ajri kamayib qolmasligi. 6. Islomda yangi, yomon sunnat paydo qilish ehtimoli borligi. 7. O‘sha yangi paydo qilingan yomon sunnatga amal qilganlarga gunoh yozilishi. 8. Insonga vafotidan keyin ham o‘zi paydo qilgan yomon sunnat tufayli gunoh yozilib turishi. 9. Yangi, yomon sunnatga qilingan amallarga yozilgan gunohlar miqdoricha gunoh o‘sha yomon sunnatning paydo bo‘lishiga sababchi kishiga yozilib turishi. 10. Birovning qilgan amali tufayli o‘sha amalni paydo qilgan kishiga gunoh yozilsa, amal qilganning gunohi kamayib qolmasligi. Endi ushbu hadisi sharifning hikmati hayotiy voqeligimizda qanday ekanligini mulohaza qilaylik. Hozirgi kunda bizda paydo bo‘layotgan, ammo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bo‘lmagan masalalarni o‘tgan salafi solihlarimiz Qur’on va sunnat ruhida echib kelganlarini to‘g‘ri tushunmog‘imiz lozim. Islom fiqhining asosiy vazifalaridan biri ham shu! Ammo bu masalani boshqacha tushunib, fiqhni va faqihlarni qarg‘ab yurganlar ham yo‘q emas. Bu masala haqida ham Alloh xohlasa, kezi kelganda batafsil to‘xtalamiz. Hozir esa Islomda ushbu hadisda aytilganidek, yaxshi sunnat paydo qilish mumkinligini, bu ish bo‘lib kelganini, kelajakda ham bo‘lishi mumkinligini bilib olaylik. Bu savobli ish bo‘lib, uning uchun ilm kerakligini unutmaylik. Shuningdek, Islomda yomon sunnat paydo qilish ham mumkinligini, bu ish bo‘lib kelganini, kelajakda ham bo‘lishi mumkinligini bilib olaylik. Yangi paydo bo‘lgan ishlardan qaysinisi yaxshi, qaysinisi yomonligini farqlab olish uchun ham ilm kerakligini bilib qo‘yaylik. Qo‘limizdan kelsa, yaxshi sunnat paydo qilaylig-u, zinhor yomon sunnat paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolmaylik. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom