Mayyit chiqqan uydagi ishlar

Assalomu alaykum! Mayit chiqqan uyda 40 kun qilib bo‘lmas narsalar borakan. Misol uchun igna ishlatib bo‘lmas ekan, tuxum eyish mumkin emas ekan va boshqa bir narsalar shu xaqda batafsil tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday deyish og‘ir gunoh va shariatga qo‘shimcha kirgizishdir. Hadisda «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun biror mayyit uchun uch kundan ortiq aza tutishi halol emas. Faqat eriga to‘rt oyu o‘n kun tutadi» deyilgan xolos.  عَنْ حُمَيْدِ بْنِ نَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَخْبَرَتْنِي زَيْنَبُ بِنْتُ أَبِي سَلَمَةَ بِهَذِهِ الْأَحَادِيثِ الثَّلَاثَةِ قَالَتْ: دَخَلْتُ عَلَى أُمِّ حَبِيبَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ تُوُفِّيَ أَبُوهَا أَبُو سُفْيَانَ، فَدَعَتْ بِطِيبٍ فِيهِ صُفْرَةٌ خَلُوقٌ أَوْ غَيْرُهُ، فَدَهَنَتْ مِنْهُ جَارِيَةً، ثُمَّ مَسَّتْ بِعَارِضَيْهَا، ثُمَّ قَالَتْ: وَاللهِ مَا لِي بِالطِّيبِ مِنْ حَاجَةٍ، غَيْرَ أَنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ عَلَى الْمِنْبَرِ: لَا يَحِلُّ لِامْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ تُحِدُّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلَاثِ إِلَّا عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا. قَالَتْ زَيْنَبُ: ثُمَّ دَخَلْتُ عَلَى زَيْنَبَ بِنْتِ جَحْشٍ حِينَ تُوُفِّيَ أَخُوهَا، فَدَعَتْ بِطِيبٍ فَمَسَّتْ مِنْهُ، ثُمَّ قَالَتْ: وَاللهِ مَا لِي بِالطِّيبِ مِنْ حَاجَةٍ، غَيْرَ أَنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ عَلَى الْمِنْبَرِ: لَا يَحِلُّ لِامْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ تُحِدُّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلَاثٍ إِلَّا عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا، قَالَتْ زَيْنَبُ: سَمِعْتُ أُمِّي أُمَّ سَلَمَةَ تَقُولُ: جَاءَتِ امْرَأَةٌ إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ ابْنَتِي تُوُفِّيَ عَنْهَا زَوْجُهَا وَقَدِ اشْتَكَتْ عَيْنَهَا أَفَنَكْحُلُهَا؟ قَالَ: لَا، ثُمَّ قَالَ: إِنَّمَا هِيَ أَرْبَعَةُ أَشْهُرٍ وَعَشْرٌ، وَقَدْ كَانَتْ إِحْدَاكُنَّ فِي الْجَاهِلِيَّةِ تَرْمِي بِالْبَعَرَةِ عَلَى رَأْسِ الْحَوْلِ، قَالَ حُمَيْدٌ قُلْتُ لِزَيْنَبَ: وَمَا تَرْمِي بِالْبَعَرَةِ عَلَى رَأْسِ الْحَوْلِ؟ فَقَالَتْ: كَانَتِ الْمَرْأَةُ إِذَا تُوُفِّيَ عَنْهَا زَوْجُهَا دَخَلَتْ حِفْشًا وَلَبِسَتْ شَرَّ ثِيَابِهَا، وَلَمْ تَمَسَّ طِيبًا وَلَا شَيْئًا حَتَّى تَمُرَّ بِهَا سَنَةٌ، ثُمَّ تُؤْتَى بِدَابَّةٍ حِمَارٍ أَوْ شَاةٍ أَوْ طَيْرٍ فَتَفْتَضُّ بِهِ، فَقَلَّمَا تَفْتَضُّ بِشَيْءٍ إِلَّا مَاتَ، ثُمَّ تَخْرُجُ فَتُعْطَى بَعَرَةً فَتَرْمِي بِهَا، ثُمَّ تُرَاجِعُ بَعْدُ مَا شَاءَتْ مِنْ طِيبٍ أَوْ غَيْرِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ  Humayd ibn Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Menga Zaynab bintu Abu Salama ushbu uch hadisning xabarini berdi. U:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Ummu Habibaning oldilariga otasi Abu Sufyon vafot etgan paytda kirdim. U sariq rangli aralash yoki boshqa xushbo‘y narsa keltirishlarini so‘radi. Undan bir qizchaga surtib ko‘rdi-da, keyin o‘zining ikki yuziga surtib turib, «Allohga qasamki, hozir xushbo‘y narsa surtadigan holim yo‘q, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbardan turib, «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun biror mayyit uchun uch kundan ortiq aza tutishi halol emas. Faqat eriga to‘rt oyu o‘n kun tutadi», deganlarini eshitgan edim», dedi».
Zaynab yana dedi:
«Keyin Zaynab bintu Jahshning oldiga akasi vafot etgan paytda kirdim. U xushbo‘y narsa opkeltirdi va undan surtdi. So‘ngra:
«Allohga qasamki, xushbo‘y narsa surtadigan holim yo‘q, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarda turib, «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga biror mayyit uchun uch kundan ortiq motam tutishi halol emas. Faqat eriga to‘rt oyu o‘n kun tutadi», deganlarini eshitgan edim».
Zaynab yana dedi:
«Onam Ummu Salamaning «Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli, qizimning eri vafot etdi. Uning ko‘zi og‘rib qoldi, surma surtsa, maylimi?» dedi.
«Yo‘q», dedilar va so‘ngra:
«Albatta, u (motam) to‘rt oyu o‘n kundir. Batahqiq, johiliyat davrida har biringiz bir yildan so‘ng tezak otar edingiz», dedilar», deganini aytdilar.
Humayd aytadi:
«Zaynabga: «Bir yildan so‘ng tezak otar edingiz» degani nima?» dedim. U:
«Eri o‘lgan xotin tor uyga kirib, eng yomon kiyimlarini kiyib o‘tirar edi. Bir yil o‘tguncha xushbo‘y ham, boshqa narsa ham surtmay, shunday holda o‘tirar edi. So‘ngra uning oldiga bir jonivor – eshakmi, qo‘ymi yoki qushmi, keltirilar edi. So‘ngra u o‘shanga oldini artar edi. Ko‘pincha u oldini artgan narsa o‘lar edi. So‘ng tashqariga chiqar, unga tezak berilar, u esa o‘sha tezakni otar edi. Shundan keyingina unga o‘zi xohlagan xushbo‘ymi yoki boshqa narsami, surtish mumkin bo‘lar edi», dedi».
Beshovlari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar