Uyda namoz o‘qisam boshqacha joyda namoz o‘qisam boshqacha

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishini boshlaganimga 2 oy bo‘ldi uyda namoz o‘qish uchun joynamozni solsam joynamoz atrofidan nur taralayotgandek bo‘ladi namoz o‘qoykon paytim osmonda namoz o‘qiyomanu Alloh tollo menga qarab turgandek bo‘lala yolg‘iz men namoz o‘qiyomanu faqat menga qarab turgadek ajib xis tuyg‘u paydo bo‘ladi joynamozdan chiqim kelmaydi sajdadan boshimni ko‘targim kelmaydi, ayrim sabablarga ko‘ra onamkayam namoz o‘qiyman asosan xufton namozini o‘qiyman onamka namoz o‘qisam meni ortimdan kimdir kuzatib turganini xis qilaman joynamoz atrofini esa qandaydir maxluqotla o‘rab turgandek bo‘ladi sajdadan boshimni ko‘tarsam ko‘z oldimda qo‘rqinchi maxluqotla ko‘rinadi joynamozdan chiqsam ular meni o‘ldirmoqchidek tuyuladi kunduziz namoz o‘qisama shunday xolat kuzatiladi onamka kirishim bilan meni kimdir kuzatib yurganini xis qilaman oldinlari bunday xis tuyg‘u yo‘q edi namoz o‘qishni boshlaganimdan beri shunday bo‘ldi onmka bormaslika va u erda namoz o‘qimaslika xarakan qiloman nima uchun bunday xolat kuzatilopti uyda namoz o‘qisam boshqacha xis tuyg‘u onamka o‘qisam qo‘rquv xis qilam tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunda ham davom eting. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mehrobda turib namoz o‘qiyotganlarida shayton hujum qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ushlab bo‘g‘ib olganlarida so‘lagining sovug‘ini his qildim deganlar. سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ عِفْرِيتًا مِنَ الْجِنِّ جَعَلَ يَفْتِكُ عَلَيَّ الْبَارِحَةَ؛ لِيَقْطَعَ عَلَيَّ الصَّلَاةَ، وَإِنَّ اللهَ أَمْكَنَنِي مِنْهُ فَذَعَتُّهُ، فَلَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ أَرْبِطَهُ إِلَى جَنْبِ سَارِيَةٍ مِنْ سَوَارِي الْمَسْجِدِ، حَتَّى تُصْبِحُوا تَنْظُرُونَ إِلَيْهِ أَجْمَعُونَ - أَوْ كُلُّكُمْ - ثُمَّ ذَكَرْتُ قَوْلَ أَخِي سُلَيْمَانَ:  رَبِّ اغْفِرْ لِي وَهَبْ لِي مُلْكًا لَّا يَنبَغِي لِأَحَدٍ مِّنْ بَعْدِي فَرَدَّهُ اللهُ خَاسِئًا.
وَقَالَ ابْنُ مَنْصُورٍ: شُعْبَةُ عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ زِيَادٍ
 Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bu kecha jinlardan bir ifrit namozimni buzmoqchi bo‘lib to‘satdan hujum qildi. Alloh menga uning ustidan imkon berdi, uni bo‘g‘ib oldim. Barchangiz [yoki hammangiz] ertalab ko‘rishingiz uchun uni masjid ustunlaridan birining yoniga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘ldim u, keyin birodarim Sulaymonning «Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydigan mulkni ato etgin» degan gapini eslab qoldim. Alloh uni (ifritni) xoru zor qilib qaytardi».
Bu sizni qilayotgan ibodatingiz shaytonni nihoyatda qattiq g‘azablantirayotganining alomati. Mahkam bo‘ling, shaytonni qattiq g‘azablantirgan narsa Allohni juda xursand qiladigan ibodatdir. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar