Mahsining muddati haqida

Assalomu alaykum! Ertalab tahorat qilib bo‘lganimdan keyin maxsimni kiydim. Ertalab qilgan tahoratim asr namoziga borib buzildi. Bunda maxsini muddati bomdoddan boshlab hisoblanadimi yoki asrdan keyinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Asrdan boshlab hisoblanadi. Ertangi kunning asrigacha mash tortaveradi, tunda echish shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar