Taqsimlanmagan meros mulki nisobmi?

Assalomu alaykum! Meros mulki taqsimlanmagan bo‘lsa, merosxo‘rlar zakot nisobiga qo‘shiladimi yoki faqat Fitr sadaqa va qurbonlik nisobiga qo‘shiladimi yoki meros taqsimlanguncha hech kimni nisobiga qo‘shilmaydimi? Bobomdan qolgan katta mablag‘li Ishxona bor, bobo 2014 yil vafot etganlar, meros haligacha to‘la qonli taqsimlanmagan hatto ayrim merosxo‘rlar ham vafot etishdi. 4) Ayrimlar meros mulki huddi mahr kabi bo‘lib , qo‘lga tegmaguncha nisobga qo‘shilmaydi deydi , bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Meros taqsimlanmagunicha merosxo‘rning nisobiga qo‘shilmaydi. Taqsimlanganidan so‘nggina u uchun yil hisobi boshlanadi yoki merosxo‘rda nisob mavjud bo‘lsa unga qo‘shiladi. Vallohu a’lam!

19 Iyul 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 198 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar