Ruku va sajdada avrati ochilib qolsa

Assalamu alaykum! Erkak kishini avrati kindigidan tizasigacha, bu gap islomda avrat deb aytiladi. Avratini ko‘rsatmaslikka doyim harakat qilaman, lekin biz xozir chet safarida bo‘lganim uchun va bir xonada 3 yoki 4 kishi yashaymiz. Sheriklarim ham namozxon, lekin bir narsani tushunmayapman, agar namoz o‘qiyotgan vaqtda erkak kishi kaltaroq kiyim kiysayu o‘sha paytda erkakni avrati ya’ni bel qismi sajdaga borganida ochilib qolsa tahorat buzilmaydimi? Shunga ko‘zi tushgan insonnichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat buzilmaydi, namoz buziladi. Ko‘zi tushgan odamning namoziga zarar yo‘q. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar