Husni-xulq

Assalomu alaykum! Insonning husnining qalbiga bog‘liq ekan. Ya’ni kimning qalbi pok bo‘lsa uni husni chiroyli bo‘ladi kimning qalbi nopok bo‘lsa uning husni hunuk bo‘lar ekan. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gap noto‘g‘ri. Hazrati Bilol roziyallohu anhu o‘ta darajada qora bo‘lganlar. Muhaddislarning eng buyuklaridan Sulaymon A’mash rahmatullohi alayh shomdan keyin ko‘zlari ko‘rmaydigan bo‘lgan. Bir qancha etuk ulamolar haqida “Kaana mumatta’n bi’aynin vaahidatin, birijlin vaahidatin” ya’ni “Bir ko‘zidan va bir oyog‘idan fodalanar edi” deyilgan. Qalbi pok insonning istarasi issiq bo‘lishi bor gap. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar