Ism bilan tug‘ilgan bola

Assalomu alaykum! Bir tanishim so‘rab berishimni iltimos qilgandi. Aytishicha, akasi farzandli bo‘lganida Muxammadali deb ism qo‘yishgan ekan. Bolaga azon aytgani mullanini chaqirishganda, mulla bolani ko‘rib bu bola o‘z ismi bilan tug‘ilibdi. Buni Xolbek deb chaqiringlar deb aytibdi. Shundan so‘ng bolani xamma shu ism bilan chaqirib ketibdi. Savol shuki, dinimizda mana shunaqa ism bilan tug‘ildi degan tushunchalar bormi, masalan ro‘za oyida bo‘lsa Ro‘ziboy va shunga o‘xshash xolatlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda bunday gap yo‘q, balki ota-ona bolaga chiroyli ma’noliy islomiy ism qo‘yishi shart. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 157 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar