Qarzni qiyomatga qo‘ydim degandan keyin bersa olamanmi?
Assalomu alaykum! Man bir do‘stimga 300$ qarz bergandim, yarimini bergandi, va’da qilingan vaqtidan o‘tib. Yarimini rosa cho‘zib yurdi vaqt berdim, u vaqt xam tugadi. Xullas bir yil o‘tib ketdi. U pulga Xudoga shukur muxtojligim yo‘q, ammo u beradigonga o‘xshamadi, shunda man unga “shu pulni qiyomatga qo‘ydim. Agar shu pulni sandan olsam, manga xoram bo‘lsin” dedim. Endi boshqa do‘stlarim orqali shu pulni beribdi. Man berib qo‘yilar desam “pulni deb yuz ko‘rmas bo‘pketmelar” deyishyabdi. Endi shuni olsam xoram bo‘ladimi? Qanday yo‘l tutishni bilolmay qoldim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘lsin deganingiz bilan harom bo‘lib qolmaydi. Olsangiz bo‘ladi, lekin halolni o‘ziga harom qilib olish qasam hisoblanadi. Qasamingizni kafforatini to‘laysiz. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom