Muoviya(ra) xak,ida

Assalomu alaykum! Ustozlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoviya roziyallohu anhuga “la ashba’u batnax” deb qilgan duolari haqida to‘liqroq ma’lumot bersangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muoviya roziyallohu anhu sahobalarning eng buyuklaridan sanaladi. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiyning kotibi edilar. Abdulloh ibn Muborakdan : “Muoviya afzalmi yoki Umar ibn Abdulazizmi?” deb so‘ralganida, u kishi “Muoviyaning Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birgalikdagi vaqtida uning otini burniga kirgan chang ham Umar ibn Abdulazizga o‘xshaganlardan qancha-qancha marta afzaldir” deganlar. Muoviya roziyallohu anhuning Ali roziyallohu anhuning oralarida bo‘lgan ijtihodiy janglari fazilatlariga parda tortib qo‘ygan. Shuning uchun odamlar u kishining fazilatlarini ko‘ra olmaydilar. عن ابن عباس رضي الله عنهما قال: كُنْتُ أَلْعَبُ مَعَ الصِّبْيَانِ . فَجَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَتَوَارَيْتُ خَلْفَ بَابٍ ، قَالَ فَجَاءَ فَحَطَأَنِي حَطْأَةً ، وَقَالَ:  اذْهَبْ وَادْعُ لِي مُعَاوِيَةَ . قَالَ فَجِئْتُ فَقُلْتُ : هُوَ يَأْكُلُ . قَالَ ثُمَّ قَالَ لِيَ: اذْهَبْ فَادْعُ لِي مُعَاوِيَةَ . قَالَ فَجِئْتُ فَقُلْتُ: هُوَ يَأْكُلُ . فَقَالَ: لَا أَشْبَعَ اللَّهُ بَطْنَهُ  . رواه الإمام مسلم في صحيحه Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: " Bolalar bilan o‘ynayotgan edim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib qoldilar. Eshik ortiga berkindim, qo‘llari bilan orqamga bir urdilar va “menga Muoviyani chaqirib kel” dedilar. Qaytib kelib, “U taomlanayotgan ekan” dedim. Birozdan keyin menga “Bor menga Muoviyani chaqirib kel” dedilar. Qaytib kelib, “U taomlanayotgan ekan” dedim. U zot : “Alloh taolo qorinini to‘yg‘azmasin” dedilar". Muslim rivoyati. عن عائشة رضي الله عنها قالت : " دخل على رسول الله صلى الله عليه وسلم رجلان، فكلماه بشيء لا أدري ما هو ، فأغضباه، فلعنهما وسبهما، فلما خرجا ؛ قلت: يا رسول الله من أصاب من الخير شيئا ما أصابه هذان؟ قال: وما ذاك؟ قالت: قلت: لعنتهما وسببتهما، قال: " أَوَمَا عَلِمْتِ ما شارَطْتُ عليهِ رَبِّي؟ قلتُ: اللهُمَّ ! إِنَّما أَنا بَشَرٌ، فأَيُّ المسلمينَ لَعَنْتُهُ أَو سَبَبْتُهُ ؛ فاجْعَلْهُ لهُ زكاةً وأَجْرًا " رواه مسلم Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga ikki kishi kelib bir narsalar haqida u zot bilan gaplashdilar. Nimaligini bilmayman, ikkisi u zotning jahllarini chiqarib qo‘yishdi. Shunda u zot ikkisini la’natlab so‘kdilar. Chiqishib ketganidan keyin : “Ey Allohning rasuli hech kim bu ikkalasi ega bo‘lgan yaxshilikka ega bo‘lgan emas” dedim. U “Qanday qilib?” dedilar. Men “Siz ikkalasini la’natlab so‘kdingizku” dedim. U zot “Robbim bilan shartlashgan narsamni bilmaysanmi?” dedilar. Men “Ey Allohim men ham basharman, musulmonlardan qaysi birini la’natlasam yoki haqoratlasam o‘sha haqoratim va la’natlashimni u uchun poklanish va ajr qilib bergin” degan shartlarini aytdim". Muslim rivoyati. Boshqa bir rivoyatda : “Men ham basharman, bashar rozi bo‘lganidek rozi bo‘laman, g‘azab qilganidek g‘azab qilaman. Ummatimdan haqli bo‘lmaganiga duoibad qilsam, o‘sha duoimni u uchun poklovchi, qiyomat kunida uni sabab qilib, O‘ziga yaqin qiladigan qurbat qilgin” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 159 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar