Ikkinchi nikox

Assalomu alaykum! Ikkinchi nikoxiga olgan ayoliga er o‘z erlik vazifalarini mutloqo bajarmasa (ya’ni osh-ovqatiga, kiyim kechagiga, sog‘ligiga, dori-darmoni, uy-joy masalasida, hattoki jinsiy aloqadayam oyda bir) va u ayolga taloq xam bermasa, ayol nima qilishi kerak? Er shariat bo‘yicha shunday qilishga xaqlimi va erni bu ishlari uchun hukmi nima bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَتْ لَهُ امْرَأَتَانِ فَمَالَ إِلَى إِحْدَاهُمَا جَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَشِقُّهُ مَائِلٌ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning ikkita xotini bo‘lsa-yu, ulardan biriga moyil bo‘lsa, qiyomat kuni bir tomoni moyil (falaj) bo‘lgan holda keladi», dedilar».
Sharh: 
Ikki xotinli bo‘lish oson emasligi ushbu hadisi sharifdan ko‘rinib turibdi. Ikki xotinli bo‘la turib, ulardan biriga yaxshi qarab, boshqasiga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lsa, qiyomat kuni bunday odamning ahvoli og‘ir kechar ekan. Qiyomat kuni tanasining yarmi shol – falaj holida tirilar ekan. Xotinlardan biriga adolatsiz bo‘lishning jazosi ana shundaydir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 192 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar