Ota-onaga oq bo‘lish

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, (Alloh saqlasin) Farzand ota-onasiga oq bo‘lsa, o‘qigan namozi, qilgan solih amallari qabul bo‘lmaydimi? Uni o‘qigan namozidan foyda bormi? 2). Farzand ota-onaga oq bo‘lsa yoki oq bo‘lganini vaqt o‘tib tushunib etib bilsa va u vaqtda ulardan birlari bo‘lmasa nima bo‘ladi? Tavba kilsa kechiriladimi. Kiyomatda dozaxga tushmaydimi. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). O‘qigan namozlari zimmasidan ado bo‘ladi, qabul qilish Allohdan. 2). قال النبي صلى الله عليه وسلم : إن العبد ليموت والداه أو أحدهما وإنه لهما لعاق فلا يزال يدعو لهما ويستغفر لهما حتى يكتبه الله بارًا البيهقي في شعب الإيمان Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Albatta banda ota-onasining ikkisi yoki biri uni oq qilgan holda vafot topsa, so‘ng farzand ikkisining haqqiga duo qilishda va ularni mag‘firat qilishni so‘rashda bardavom bo‘lsa, ota-onasiga oq bo‘lgan bo‘lsa ham, Alloh taolo uni “ota-onasiga yaxshilik qilgan” deb yozib qo‘yadi” dedilar. Bayhaqiy rivoyati. وأخرج البيهقي في الشعب عن الأوزراعي قال : بلغني أن من عق والديه في حياتهم ثم قضى دينًا إن كان عليهما، واستغفر لهما، ولم يستسب لهما كتب بارًا، ومن بر والديه في حياتهما، ثم لم يقض دينًا إذا كان عليهما، ولم يستغفر لهما، واستسب لهما كتب عاقًا Avzoiy : “Kim ota-onasining hayotlik davrida ularga oq bo‘lib, vafotlaridan keyin bo‘lsa ham ota-onasining zimmasidagi qarzlarini ado qilsa va Allohdan ularni mag‘firat qilishini so‘rasa va ularga haqorat olib beradigan ishni qilmasa, “ota-onasiga yaxshilik qiluvchilardan” deb yozib qo‘yiladi. Kim ota-onasi hayotliklarida ularga yaxshilik qilsa, so‘ng vafot topganlaridan keyin zimmalaridagi qarzlarini ado qilmasa, gunohlarini mag‘firat qilinishini so‘ramasa va ularga haqora olib beradigan ishlarni qilsa, “ota-onasiga oq bo‘lgan” deb yoziladi”. Bayhaqiy rivoyati. Alloh taolo farzandlar ota-onasi haqqiga qanday duo qilishni ta’lim berib “Nuh” surasi 28-oyatida marhamat qiladi : رَبِّ اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِمَنْ دَخَلَ بَيْتِيَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ Robbim, meni mag‘firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo‘min bo‘lib kirganlarni va mo‘minlaru mo‘minalarni ham. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar