Merosdan ulush
Assalomu alaykum! Uyda kenja farzandman, turmushim bo‘lmagan, 5 nafar farzandlarim bor, shukur. Opam va akamlar chet davlatda oilasi bilan yashashadi. O‘zligidan tinishgan, akam va opamlar “uy senga bo‘lsin, biz rozimiz” deb notariusdan xam yozib berishgan. Muddao shundaki, men ularga pul yoki biron kimmatroq buyum hadya qilishim, rozi qilishim kerakmi? Chunki 3 farzandmiz, ularni xam ulushi bormikin, qiyomatga bo‘ynimda qolib ketmidimikin deb o‘ylab qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga deb hadya qilishibdi, siz ham qabul qilib olibsiz shu kifoya. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga deb hadya qilishibdi, siz ham qabul qilib olibsiz shu kifoya. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar