Masjiddagi bosh imomning aytgani
Assalomu alaykum! Men yangi kelinlik vaqtim, turmush o‘rtog‘im mast holda keldilar, janjalni sababi yo‘q edi. Nimanidur bahona qildilarda men bilan janjal ko‘tardilar. Gapni orasida taloq qildim dedilar. O‘sha payt buni yomon so‘zligini bilardim lekin, bu haqda hech qanday tushuncham yo‘q edi. Qayta nikoh o‘qitish esa hech kimni hayoliga kelmagan ekan. Qaynonam ham bor edilar o‘sha payt. O‘sha payt homilador edim. Oradan 3 yil o‘tdi, men ahmoq yashab yuraveribman. Bu haqida ko‘p kitoblarni o‘qidim, turmush o‘rtog‘imga ham tushuntirishga harakat qildim. Hozir u kishi uzoq safardalar. Taloq so‘zini o‘yinchoqdek ishlatadilar. Yaqinda ham arzimagan narsani ustidan tortishib qoldik, uch taloqsan deb telefonda aytib yubordilar. O‘tgan umrimni o‘ylayverib kasal bo‘lib qoldim. Yaqinda bir tanishim bilan masjiddagi bosh imomga uchrashib bor gapni aytdim. Ular aytdilarki, siz yangi kelinlik vaqtiz, taloqdan keyin nikoh o‘qilmagan ekan, ya’ni birinchi taloqda erizga begona bo‘gansiz, yaqinda aytgan uch taloq esa begonaga aytilgan taloq. Tushmagan dedilar. Eriz kelgach nikoh o‘qittiringlar dedilar. Agar birinchi taloqdan keyin nikoh bo‘lganda, hozir yashamang derdim dedilar. Buni yana bir marta sizlardan ham so‘rashni istadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U domla taloq so‘zidan raj’iy yoki boin taloq tushishini ajrata olmas ekan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U domla taloq so‘zidan raj’iy yoki boin taloq tushishini ajrata olmas ekan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush