Er uchun pardoz

Assalomu alaykum! Men ko‘chaga chiqqanimda pardoz qilmayman, qosh terish va boshqa shunga o‘xshash mumkinmas ishlarni qilmayman, Allohga shukur hijobdaman. Ammo erimni oldida har doim chiroyli ko‘rinishni hohlayman. Erim bilan ko‘chaga chiqqanimda pardozim bo‘ladi, hatto bir hillari ulardan kalit, buyum, olib ketadigan bo‘lsam ham pardoz qilaman, erimni ko‘ziga chiroyli bo‘lay deb. Lekin ularsiz pardoz kerakmas. Shu ishim noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Sahobiya ayollar hamma vaqt erlari uchun go‘zal holatda ko‘rinishga harakat qilar edilar. Ularning pardoz andozlari hamisha uydaliklarida bo‘lgan. Hatto ayolni holi parishon ekanligini pardoz andoz qilmay qo‘yganidan bilishgan. Xuddi bizda oilada birortasi vafot topsa ayollar aza tutib olganlari kabi. Ko‘chaga chiqqanda pardozini namoyish qilish joiz emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar