Suvchechakda g‘usl

Assalomu alaykum! Manga suvchechak chiqqan edi aksiga olib tunda extilom sodir bo‘libdi. Doktorlar hozir ham yana ancha muddat suv tekkizish mumkin emas deyishyapti. Nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni qiyin joyi yo‘q. Janobat uchun tayammum qilib, namozga tahorat olaverasiz. Tahoratda ham yuvish joiz bo‘lmasa namozga ham tayammum qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar