To‘g‘risini aytaman deb dil og‘ritish

Assalomu alaykum! Men xaq gapiraman, men yuzga aytaman, men sharta gapiraman, men rost gapiraman deb boshqa insonni shaxsiyatiga tegib gapirish dil og‘ritib gapirish to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu dilozorlik hisoblanadi. Aybini aytgan inson ham chiroyli yo‘l bilan nasihat qilib gapirishi kerak. Haq gapirgan kim bo‘lishidan qat’iy nazar Muso alayhissalom bo‘lolmaydi. Yomon inson har qancha razil bo‘lsa ham fir’avnchalik bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa ham Alloh taolo Muso alayhissalomga fir’avnga “Go‘zal muomala qil” degan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar