Haqni so‘rasa
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, men savdo do‘konida ishlayman. Nasiyalar bo‘lib turadi, ba’zi xaridorlar nasiyaga narsa olib imkoni bo‘lganida ham qarzini to‘lamaydi. Dinimizda bunday holatning xukmi qanday? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning “Qarz” nomli kitoblarida quyidagicha kelgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَطْلُ الْغَنِيِّ ظُلْمٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boyning (zimmasidagi haqni) bermay yurishi zulmdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Moddiy imkoni bor odam o‘z zimmasidagi moliyaviy burchni ado etmay yurishi zolimlikdir. U bu bilan haqdorlarga ham, o‘ziga ham zulm qiladi. Haqdorlar undan o‘z vaqtida haqlarini ololmay, zulmga uchraydilar. O‘zi esa bu ishi bilan gunohga botib, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi.
Imom Shofe’iyning hukmlari bo‘yicha, agar boy kishidan mazkur ish ikkinchi marta takror bo‘lsa, uning guvohligi qabul qilinmaydi. Ya’ni jamiyatdagi ishonchsiz kishilar qatoriga qo‘shilib qoladi.
Ushbu tushuncha unutilgani sababli jamiyatlarimizda boylar, imkoni bor odamlar birovning haqini bermay yurishi keng tarqalgan. Agar biror marta «Falonchi o‘z zimmasidagi haqni vaqtida ado etmagani uchun uni ishonchsiz kishi deb e’lon qilinsin», degan hukm chiqqanida edi, darhol hamma o‘zini o‘nglab olgan bo‘lar edi. Ming afsuslar bo‘lsinki, hozirda ushbu shar’iy hukmga amal qilish ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilgan. Qarzini uzish imkoni bo‘la turib, topgan pulini turli hoyi-havaslarga ishlatib yurganlar oz emas. وَلِلْبُخَارِيِّ وَأَحْمَدَ وَالنَّسَائِيِّ: لَيُّ الْوَاجِدِ يُحِلُّ وَعِرْضَهُ وَعُقُوبَتَهُ Buxoriy, Ahmad va Nasoiy qilgan rivoyatda:
«Topganning bo‘yin tovlashi uning obro‘sini (to‘kishni) va uqubatini halol qiladi», deyilgan.
Aslida shariat bo‘yicha birovning obro‘sini to‘kish, azoblash harom. Ammo birovdan olgan qarzini imkoni bo‘laturib, bermay yurgan odamning obro‘sini to‘kish ham, azoblash ham halol bo‘lib qolar ekan.
Shuning uchun hukumat uning guvohligini qabul qilmaslik haqida qaror chiqaradi. Musulmonchilikda bu ish eng katta obro‘sizlik bo‘lib, unday odamni qamashga ham buyuriladi. Bu hol o‘zi uchun ham, boshqalar uchun ham eslatma, tanbeh bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat