Birjada savdo-sotiq

Assalomu alaykum! Men do‘stim bilan hamkorlikda turli yo‘nalishlarda va shuningdek birjada savdo qilish uchun korxona ochmoqchimiz. Savolim shundan iboratki, birjada ma’lum bir buyurtma joylangan, masalan falon so‘mlik mebellar buyurtma qilingan va tender ochilgan bo‘ladi. Bizning korxonamiz mebel ishlab chiqarmasa-da, ammo boshqa mebel ishlab chiqaruvchi bilan buyurtmani kelishib, narxi to‘g‘ri kelsa tenderda qatnashishimiz joizmi? O‘zimizda mavjud bo‘lmagan xizmatni uchinchi shaxs bilan kelishib savdoga qo‘yishimizning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizda bo‘lmagan narsani uchinchi shaxs bilan kelishib savdoga qo‘yishingiz aslida shariatda mumkin emas. Chunki hadisda, “O‘zingda bo‘lmagan narsani sotma”, deyilgan. Lekin bunda qandaydir aniq vasfga ega narsa va xizmatlar bo‘lsa zarari yo‘q. Ya’ni yasab berish sharti bilan bo‘lsa, bu “istisno’” amaliyoti bo‘lib shariatda bunga ruxsat berilgan. Tenderlar ham halol amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar