Ishlatib ish xaqini bermayapti
Assalomu alaykum! Biz rossiyada ishlaymiz alxamdulillax tirikchiligimiz o‘tib turibdi, biz kunlik ishga chiqardik va ish beruvchi o‘zbek edi. U 3 kunlik ish xaqqimizni zalog sifatida olib qolardi ketib qomasin debmi u yog‘i menga qorong‘u o‘zi biladi va biz sovuqda ishlashga qinalib qoldik va bollar chiqmaymiz deyishdi va men xam ular qatori chiqmadim. Keyin qolgan o‘sha 3 kunlik pulimizni so‘rashga bordik va u aytdi sizlar ishni oxirigachon deganslar oxirida olasilar dedi. Dagavor dedi, biz kunlikmiz desak senlar vada bergansanlar dedi biz bering desak u pul 10 kungacha chiqadi o‘shangacha ishlash bo‘lmasa bermiman dedi va menga osildi. Sen 5 maxal nomoz o‘qisan nega ularga yuringlar borelik demading deb. Seni bunaqa o‘qiyotgan namozing qabul bo‘medi dedi. Men din borasida xar narsani gaprvurmiman, keyin namozimni nima daxli bor dedim. U kimki meni namozimni qabul bo‘lishi bo‘lmasligini biladigon.... Biz keyin ishga chiqdik yana 3 kun kegin yana chiqmadik. Pulimizni so‘rasak dangal yo‘q senlarga pul dedi. To‘g‘ri biz pul chiqqincha deb va’da qilgandik, lekin bollar chidayolishmadi, sovuq, kor, tepa tom. Qayga borsang bor dedi. Kuch va quvvat faqat Allohdan, unga zarar etkazishga aqlimizam kuchimizxam etadi, lekin xikmati bor bu voqealarni xam deb ko‘z yumib turibmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U namozga osilmasin. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlari keltirilgan:
«Alloh taolo deydi: «Men qiyomat kuni uch xil odamning xusumatchisi bo‘laman. Men kimning xusumatchisi bo‘lsam, uni engaman. Bir odamniki, nomim ila bir narsa berilsa-yu, u xiyonat qilsa; bir odamniki, hur insonni sotib, bahosini esa; va yana bir odamniki, mardikor olib, uni ishlatib, haqini bermasa». Vallohu a’lam!
8 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar