Parda tikish

Assalomu alaykum!Alloh  ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin. Avvalam bor ming bora uzur lekin shu savolni berishga majbur bo‘ldim. Men har xil pardalar tikaman. Ro‘zg‘orimiz shuni orqasidan bo‘ladi. Ba’zan mijozlarning pardalaridan qolgan parchalarni kimladir olib ketishadi yana kimlardir tashlab ketishadi. Men ularni kambag‘allarga savob bo‘lsin deb berib yuboraman, ular olib ketib narsala tikib sotishadi. Bir ayol bor eng mayda qiyqalardan odamla foydalanishiga narsala tikib tarqatadila, onda-sonda sotadila. Man bu qiyqalarni sotmay shunday berib yuboraman. Allohni farz amallarini bajarishga doim harakat qiluvchi insonman. Biz buyurtmachini xohishini bajaramiz, lekin bularni juda ko‘pi uvolligini tushuntirishga harakat kilamiz. Endigi shogirdimning onasi parda tikish mumkin emasligini, bunaqa xunar qilish kerakmasligini aytibdi. Men shuncha vaqt nojoiz bo‘lgan hunarni qilib gunohkor bo‘ldimmi? Javob berishingizni kutib qolamiz. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh  rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning kasbingiz ham topganingiz ham halol. Qiyqalarga kelsak, foydalanadigan va qiymatga ega narsa bo‘lgani uchun egalarini roziligini olishingiz shart. Ular rozi bo‘lgach, berib yuboravering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar