Jannatiyligi aytilgan ayollar
Assalomu alaykum! Jannatiyligi aniq 4 ayollar, ya’ni fir’avnning xotini Osiyo, Iso alayhissalomning onisi Maryam, Hadicha roziyallohu anho va Fotima roziyallohu anholarning jannatiyligi aytilgan hadisi shariflardan va oyati karimalardan keltirsangizlar. Iltimos. Bir kishiga dalil uchun kerak. U kishi “bibi Maryam va Hadicha roziyallohu anhoni jannatiy emas” deb baxslashoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عائشة ، قالت لفاطمة: ألا اُبشّركِ ؟ إنّي سمعت رسول الله ( صلى الله عليه و آله يقول : "سيّداتُ نساء أهل الجنّة أربع : مريم بنت عمران ، و فاطمة بنت محمد ، و خديجة بنت خويلد ، و آسية بنت مزاحم إمراة فرعون Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Sizga bir xushxabar etkazaymi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Jannat ahli ayollarining sayyidalari to‘rttadir. Maryam binti Imron, Fatima binti Muhammad, Xadija binti Xuvaylid va Fir’avnning xotini Osiyo binti Muzohim” deyayotganlarini eshitdim". Hokim rivoyati. Alloh taolo “Tahrim” surasida: وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا لِّلَّذِينَ آمَنُوا اِمْرَأَةَ فِرْعَوْنَ إِذْ قَالَتْ رَبِّ ابْنِ لِي عِندَكَ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَنَجِّنِي مِن فِرْعَوْنَ وَعَمَلِهِ وَنَجِّنِي مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 11. Alloh iymon keltirganlarga Fir’avnning xotinini misol qilib keltirdi. O‘shanda u: «Robbim, menga O‘z huzuringda – jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir’avndan va uning ishidan najot bergin va menga zolim qavmdan najot bergin», – deb aytdi. Fir’avnning xotini o‘sha paytdagi eng katta podshohning ayoli edi. Har jihatdan to‘kinlikda yashar edi. Nimani xohlasa, shuni qilishi mumkin. Qasrlarda, turli ne’matlar ichida farog‘atda yashashiga qaramasdan, kofir va zolim eriga va qavmiga qarshi chiqdi. Alloh taologa iymon keltirdi. Allohdan jannatda uy qurib berishini so‘radi. Bu esa dunyo hoyi-havasidan ustun kelishning oliy misolidir. Mo‘minlarning ikkinchi misoli Bibi Maryamdirlar. وَمَرْيَمَ ابْنَتَ عِمْرَانَ الَّتِي أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِن رُّوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَاتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِ وَكَانَتْ مِنَ الْقَانِتِينَ 12. Va farjini pok saqlagan Imron qizi Maryamni (misol keltirdi). Bas, Biz unga O‘z ruhimizdan pufladik va u Robbining so‘zlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan bo‘ldi. Bibi Maryam Imron qizi Allohga sof e’tiqodda bo‘lganlar va o‘zlarini ham sof tutganlar. Yahudiylar tuhmat qilganlaridek, nopok bo‘lmaganlar. Alloh taolo Jabroil farishta orqali o‘sha pok jasadga O‘z ruhidan «puf» deyish bilan Iyso alayhissalomni ato qilgan. Bu qissalar boshqa suralarda batafsil kelgani uchun, biz bu erda yana takrorlab o‘tirmaymiz, faqat shuni ta’kidlaymizki, u kishi Allohning so‘zlariga va kitoblariga iymon keltirganlar hamda itoatkor qavmlardan bo‘lganlar. Mo‘minlar Bibi Maryam hayotlaridan o‘rnak olishlari kerak. “Ahzob” surasi 33-oyatida : «Albatta, Alloh sizdan kirlikni ketkazib, butunlay poklashni iroda qiladi, ey ahli bayt!» Ushbu jumladagi «kir», albatta, ma’naviyatga tegishlidir, ya’ni bundan gunohlar va boshqa ma’naviy dog‘lar tushuniladi. «Ahli bayt» – xonadon ahllari. Shi’a mazhabidagilar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «ahli bayt»lari deb hazrati Ali, Fotima onamiz va ularning farzandlarinigina nazarda tutadilar. Ammo Ahli sunna va jamoa ulamolari ushbu oyati karimani dalil qilib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning azvoji mutohharalari ham «ahli bayt»ga kirishlarini aytadilar. Bu maqom ular uchun katta baxtdir. «Ahli bayt» deyilishining o‘zi katta gap. Chunki bu ibora boshqalarga ishlatilmaydi. «Ahli bayt» deganda, faqat mahbub Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xonadon ahllari tushuniladi, xolos. O‘sha ahli baytdan kirliklarni ketkazishni Alloh taolo O‘z zimmasiga olmoqda. O‘sha ahli baytni butunlay poklashni Alloh taolo o‘z zimmasiga olmoqda. Lekin, avvalo, ularni odobli, axloqli bo‘lishga, uylarida viqor bilan o‘tirishga, johiliyat ochiq-sochiqligidan uzoq turishga, nozu karashma bilan gapirmaslikka, namoz o‘qib, zakot berishga hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilishga amr etmoqda va shundan so‘nggina ulardan kirni ketkazib, butunlay poklashga va’da bermoqda. Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ahli bayt bo‘lishning o‘zigina Allohning ularni butunlay poklashi uchun etarli emas. Balki, avvalo, ular iymon-e’tiqodda va ibodatu amalda bo‘lmoqlari zarur. Ana shundagina Alloh taolo ularning kirlarini ketkazib, butunlay poklaydi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey Fotima Muhammad qizi! Ey Sofiya Abdulmuttolib qizi! Ey Banu Abdulmuttolib! Men sizlarga Allohdan keladigan biror narsani qaytarishga molik emasman. Mendan o‘z molimdan nimani xohlasangiz, so‘ranglar», – deganlar. Imom Muslim va imom Termiziylar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ey Quraysh jamoasi, o‘zingizni do‘zaxdan qutqaring! Ey Banu Ka’b jamoasi, o‘zingizni do‘zaxdan qutqaring! Ey Banu Hoshim jamoasi, o‘zingizni do‘zaxdan qutqaring! Ey Banu Abdulmuttolib jamoasi, o‘zingizni do‘zaxdan qutqaring! Ey Fotima Muhammad qizi, o‘zingni do‘zaxdan qutqar! Allohga qasamki, albatta, men sizlarga Allohdan keladigan biror narsani qaytarishga molik emasman», – deganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlariga munosabat shunchalik ekan, endi boshqalar o‘zlari tushunib olaversalar bo‘ladi. Ha, Alloh taolo Islom jamiyatining javhari hisoblangan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlaridan kirni ketkazishni, ularni butunlay poklashni xohlaydi, ammo avval ahli baytni iymon va amalga chaqiradi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 201 | Siyrat va tarix