Tibbiyot talabalari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Men Tibbiyot oliygoxida talabaman. Allohga shukurki kursdoshlarim orasida farz va sunnatni vaqtida ado etishga xarakat qiluvchilar bor. Bilmaganlarimizni muxokama qilib, qidirish xizmatidan foydalanib, domlalardan so‘rab o‘rganishga xarakat qilyapmiz. Biz kelajakda umumiy amaliyot shifokorlari bo‘lamiz. Shuning uchun bizni ustozlarimiz turli jarroxlik amaliyotlariga xattoki roddomda to‘g‘ruq jarayonlariga xam olib kirishadi. Ko‘pincha bemorlarning avratlari ochiq xolda bo‘lishadi. Lekin biz bu jarayonlarni o‘rganmasak kelgusida bemorlarga yordam berolmaymiz. Turli vaziyatlarda erkak tez yordam shifokori xomilador ayollarga xam yordam berishi kerak bo‘lib qoladi. Xamma joyda xam ayol shifokorlar etarli darajada emas. Savolim ayol shifokor bo‘lmasa erkak shifokorga murojat qilish mumkin. Biz talabalarchi bizning bemorga xech qanday foydamiz tegmaydi. Faqatgina o‘rganish uchun kiramiz. Shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon jamiyati va umuman musulmonlar doimo farzi kifoya darajasidagi kasblarni o‘rganish va uni bajarishga buyurilgan. Tabobat ham farzi kifoya hisoblanadi. Agar musulmon farzandlari bu kasbni o‘rganmasa, musulmonlarning bu boradagi hojatlari boshqa din vakillariga qolib ketadi. Natijada farzi kifoya tark qilingani sababli butun jamiyat gunohkor bo‘ladi. Aslida doyalik kabi ishlarni erkaklar qilmasliklari kerak. Siz aytgan holatni ulamolar o‘rganib, favqulotda holatlarda kerak bo‘lib qolishi jihatidan ta’lim va o‘rganish maqsadida joiz deganlar. Faqat bir narsani qat’iy bilib olish kerak, imkon boricha avratlarga nazar qilishdan tiyilish lozim. Alloh sizlarga o‘xshagan taqvoli tib xodimlarini sonini ziyoda qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 141 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar