Nogiron farzandni dunyoga keltirish
Assalomu aleykum! Ayolim xomiladorligini 4 oyligida UZD tekshiruvida bolaga taxminiy daun tashxisi qo‘yilib unda, burni va qol soxasida 5 ta barmoq ko‘rinmiyotganligini bolani abort qilish kerakligini aytishgan, yana 3 marta tekshirdim 3 lasiyam aniq gap etomadi, yurak mutaxasisiga tekshirtirganimda yuragi yaxshi dedi. Xomila 120 kun bo‘lganligi, doktorlar aniq tashxis qo‘yomaganligi uchun Allohga tavakkal qilib tug‘ilishiga rozilik berdim. Mayli daun bo‘sayam yashasa bo‘ldi deb(uydagila oldirib tashashi maslaxat berishdi). Allohga shukr xamma joyi but tug‘ildi, ismini Muxammadaziz qo‘ydim. 3 oyli tekshiruvida bolada daun sindromi bor deb tashxis qo‘yildi, bolamga zarracha mexrim pasaygani yo‘q, lekin onam, akam xuddi man aybdorde gapirishvoti. U payta 120 kunligidi tanasiga rux kirganidi, xamma qatori odam bo‘ganidi, oldirish tirik odami oldirish bilan tengidi desam tushunishmayapti. O‘shanda oldirish keregidi endi bola qiynaladi deb. Yuragi judayam yaxshi divoti doktorlar. Sovolim shuki shu sindrom tufayli bola qiynalsa, dard cheksa aybni o‘zimi bo‘ynimga olishim keremi, o‘sha paytda oldirmasdan noto‘g‘ri ish qiganmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘ppa to‘g‘ri ish qilgansiz. Aslo achinmang, aksincha odam o‘ldirish degan gunohdan qutilganingizga shukur qiling. Siz ham o‘tasiz, biz ham o‘tamiz, ammo odam o‘ldirish degan gunohsiz o‘tasiz. In shaa Alloh o‘sha tashxisi ham yolg‘on bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush