Otam pul so‘rasa qanday muomila qilay?
Assalomu alaykum! Hozir 25 yoshdaman, 8 yoshligimda otamiz bizni tashlab ketganlar, uysiz pulsiz qolganmiz, onamiz yolg‘iz o‘zi bizlarni qattiq qiyinchiliklar bilan bizni katta qilganlar, shu 17 yil mobaynida otam bizlarni biron marta xolimizdan xabar olmaganlar. Endi bizlar o‘sib ulg‘ayib uyli joyli bo‘lgan paytimizda otam bizlarni qidirib keptilar, axvollari judaxam xarob, alkash bo‘lib qoganlar, bir necha bor mast xolda oldimga kelyaptilar xar safar kelganda pul so‘rayaptilar (menimcha aroq ichgani). Maslaxat beringlar endi men otamga qanaqa muomala qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yaxshi muomalada bo‘ling. Ota har qanday holatda ham otalik maqomida qoladi. Agar otangiz otaligini qilmagan bo‘lsa o‘zi javob beradi. Siz farzandlik vazifangizni qilavering. Aroqqa pul bermang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush