Zakot tulaymanmi yukmi?

Assalomu Alaykum, Shayx Xazratlari!Mablagim nisob mikdoridan oshgandan keyin xar yili Ramazon oyi oxirida zakotni xisoblab tulayman. Utgan yili Ramazondan keyin Sentyabr oyida oxirlarida Xususiy firmam xisob rakamidan mashina olish uchun UzJM avtomobil zavodining rasmiy dilleri xisob rakamiga pul tulaganidim. Lekin shu yilning Iyun oyida mablagimni Diller tashkilot kaytartirib Firmamning xisob rakamiga tushirdiyu usha kuniyok yangi shartnoma berib UzJM ning uz xisobiga utkazilib yuborildi (yangi tartib buyicha shunday kildi). Yana Ramazon oyi kelib kolyapti. Mana shu kungacha xali mashinani olganim yuk. Iltimos, bu masalani uzim xal kilolmadim shu Savollarimga javob bersangiz:1) Ushbu mashinaga atalgan mablag xali mashina bulib bizga etib kelmagan, lekin tulanganiga 1 yil tulgani yuk. Shu puldan Ramazon oyi oxirida xisob chikarib zakot beramanmi yoki Sentyabrgacha mashinam kelib kolsa bermaymanmi?2) Shartnoma shartlariga kura narx oshsa Xaridor tomon oshgan narx kushimchasini tulashi kerak edi. Sotuvchi talabiga binoan shunday kilindi xam. Lekin Diller shartnomasida 2011 yil 31 dekabriga kadar mashina Xaridorga kelmasa Diller 10%dan oshmagan mikdorda jarima tulashligi aytilgan. Konun buyicha man jarimani undirishga Sudga murojaat kilib , jarimani undirish xukukim bor . Shunda narx oshgani uchun tulagan kushimcha mablagimni undirgan jarimam bilan koplab olishim mumkin. Shariat buyicha bu ishni kilishim ma’kulmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zakot berish vaqti qelganda boshqa pullarga qo‘shib hisoblanadi.- Shariatda shartnomani bajarish ortga surilgani uchun jarima to‘lash yo‘q.

4 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar