Uy sotib olish uchun yig‘ilayotgan puldan

Assalomu alaykum! Men ukam bilan uy sotib olish uchun pul yig‘yapmiz. Alloh barakasini berib zakot berish imkonini ham berdi. O‘tgan yili 4 000 $ mablag‘dan zakot to‘ladik. Bu yil ham to‘lash niyatimiz bor. Bu yil ham shu mablag‘dan (4000$ dan) zakot to‘laymizmi? Bu yil yana 1 600$ qo‘shildi. Umumiy mablag‘imiz 5600 $. Umumiy mablag‘dan zakot to‘laymizmi (5600$) yoki faqat shu yili yig‘ilgan mablag‘danmi (1600$)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 5600 dan chiqarasizlar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar