Qur’on eshitganda

Assalomu alaykum! Har kuni kechki payt uhlamasimdan oldin Baqara va ruqia suralarini qo‘yib qo‘yaman. Ertalabgacha to‘xtamay aytadi, lekin bondotga turishga qiynalaman va bazida uhlab ham qolaman. Uhlab qolishimi sababi nimada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bamdodga turish uchun ertaroq uxlash kerak bo‘ladi. Xuftonni o‘qiboq uxlash Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan edi. Ummat bu sunnatni tark qilgach tahajjuddan mahrum bo‘ldi, uxlashni yanada kechiktiruvchilar bamdoddan ham mahrum bo‘lmoqdalar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar