Mashinani uzoq muddatga olish sudxo‘rlik emasmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men hozir horijdaman. Yaqinda mashina sotib olmoqchiman, men olmoqchi bo‘lgan mashina naqd berib olsam 14 ming 2-3 yilga bo‘lib bo‘lib bersam 17-18 ming atrofida bo‘larkan. Men mashinani uzoq muddatli qilib olsam bo‘ladimi? Shu usul harom emas deb eshitgandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida naqdga arzonroq nasiyaga qimmatroq olishning zarari yo‘q. shar’an nojoiz bo‘lgan joyi shartnomada kechiktirsang ustama to‘laysan degan shart bo‘ladi. Shu shart bilan qilingan savdo shar’an joiz emas. O‘sha shart bo‘lmasa joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar