Namozda kulgu
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh rozi bo‘lsin slaga br savol blan murojaat qlmoxchiydm. Nima qilishimmi bilmay qoldim iltimos tog‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Shom namoziga kirishimdan biroz oldin oilam blan br gap bo‘lgan edi, kulguli. Namozni boshladim, adashmasam brinchi yoki ikkinchi rakatda o‘sha gap esimga tushib kulib yuboray dedim, ammo yo‘talib orqaga qaytaraman deganimda, baland ovoz chiqib ketti. Bu kulgi aralash yo‘talmi yoki kulgi edimi bilolmadim. O‘sha farz namozini oxirigi etkizib qo‘ydimda namozdan chiqdim. Aytingchi agar bu kulgu bo‘lgan taqdirda, men katta gunohkor bo‘lib qolmadimmi? Axir kulgu chiqqanda tahorat ham buziladi. Nima qilay? Bu gunohimmi yuvish uchun nima qilsam bo‘ladi? Astag‘furillah kofir bo‘lib qolmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tahoratni ham yangilab namozni ham qaytadan o‘qishingiz kerak edi. U bilan kofir bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar