Haromdan kelgan dollar savdosi

Assalomu alaykum! Telegram tarmog‘ida guruhlar bor. Bir guruh asosan qimorga aloqador. O‘sha guruhda valyuta oldi sotdisi ham ko‘p bo‘ladi. Masalan kimdir o‘sha erda rubl sotib uyidagilarini plastik kartasiga pul tashlaydi. Yoki O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga pul yuboriladi. Bundan tashqari bu guruxda promokod, ya’ni xbetdan kimningdir yutqazgani evaziga kelgan rubl va dollar xam sotiladi. Va yana bir turdagi pullar aylanadi. U pullar esa elektron kriptovalyutalar savdosi va investitsiyalardan ko‘rilgan foydadan keladi. Izlash xizmati orqali xarom pul haqida o‘qidim. Bu mavzuda topolmadim. Shunga yaqin mavzularda har xil javoblar bor ekan. 1) Agarda o‘sha guruxda safforlik qilsak pulni qaerdan kelganini xar birini so‘rab olishimiz kerakmi? 2) Safforlik uchun bot ochsam, u botda barcha kurslar yozilgan bo‘ladi. Tabiiyki unda pul almashtiradiganlarning puli qaerdan kelganini so‘rashning iloji yo‘q. Buning xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan kelgani aniq bo‘lib ko‘rinib tursa, u bilan muomala qilish ham harom bo‘ladi. Noaniq bo‘lsa, gumonli holatda surishtiring. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar